MAQOLALAR

Rubrika tili:

ALL

Barchasi

RUS

Русский

ENG

English

TUR

Türkçe

UZB

O'zbekcha

AZE

Azərbaycan

TJK

Тоҷикӣ

GER

Deutsch

FRC

Français

ALL

Barchasi

SALAFLAR VA XALAFLAR: NAVOIY VA FUZULIY

25.04.2024

-

Atemi Mirzayev
Filologiya fanlari doktori.
Nizomiy nomidagi adabiyot institute

Mazkur maqolada o‘zbek-ozarbayjon adabiy aloqalari tarixida Alisher Navoiyning tutgan o‘rni haqida so‘z boradi. Mazkur masala adabiyot tarixidagi salaflik va xalaflik an’analari fonida ochib berishga harakat qilinadi.

Muallif san’atkorning qiymatini uning asarlari va undan keyin u yaratgan adabiy an’analarga bog‘lar ekan, Navoiy an’analarini Ozarbayjon adabiyotidagi o‘rni beqiyos ekanligini ta’kidlaydi. Nizomiy va Navoiy, Navoiy va Fuzuliy asarlarini qiyoslash orqali adabiy ta’sirning ikki adabiyot orasida mustahkam o‘rin tutganligi dalillanadi. Navoiy va Muhammad Fuzuliyning “Layli va Majnun” asarlaridagi mushtarak jihatlar misollar yordamida ko‘rsatib beriladi.

Muallif Ozarbayjon-o‘zbek adabiy aloqalarining vujudga kelishi va uning taraqqiyotida Navoiy ijodi alohida o‘rin tutishini ta’kidlar ekan, Ozarbayjon adabiyotida XV asrdan boshlab Navoiy an’analaridan ijodiy foydalanilganini va keyingi davrlarda ham davom etganini, o‘z ijodida Navoiy san’atiga katta hurmat bilan qaragan Fuzuliy merosida ham ko‘rinishini aytadi. Maqolada muallif so‘nggi yillarda ozarbayjon va oʻzbek olimlari tomonidan Fuzuliy she’riyatining ko‘proq o‘zbek adabiyotiga ta’siri asosiy tadqiqot mavzusiga aylanganligini aytadi. Lekin har ikki shoirning merosi bilan tanishish, Navoiy va Fuzuliy ijodi ham salaflar va xalaflik munosabatlarini o‘rganish dolzarb masala ekanligini ta’kidlaydi. Fuzuliy va Navoiy ijodini oʻtmishdoshlar va vorislar oʻrtasidagi munosabat haqidagi yangicha fikrlash tarzida tadqiq etishni adabiyotshunosligimiz oldida turgan eng dolzarb vazifa sifatida baholaydi.