MAQOLALAR

Rubrika tili:

ALL

Barchasi

RUS

Русский

ENG

English

TUR

Türkçe

UZB

O'zbekcha

AZE

Azərbaycan

TJK

Тоҷикӣ

GER

Deutsch

FRC

Français

ALL

Barchasi

ALISHER NAVOIY IJODINING GERMANIYADA O‘RGANILISHI

25.04.2024

-

Xonim Zoirova
Filologiya fanlari bo‘yicha falsafa doktori.

Maqolada o‘zbek adabiyoti namunalarining Germaniyadagi ilk tarjimalari tarixi, shuningdek, Alisher Navoiy ijodining Yevropadagi tadqiqi, shoir asarlarining yangi tarjimalari haqida so‘z boradi. XIX asrdan to hozirgi kungacha Navoiy ijodini oʻrgangan nemis tadqiqotchilarining ishlari koʻrib chiqiladi. O‘zbek adabiyotining Germaniyada J. Vetsel, Hammer-Purgshtal tarjimalari, X. Vamberi, T. Mentzel tadqiqotlari bilan tanishish boshlanganligi, G. Jungbauer, I. Lannerova, I. Sirtautas, M. Spadou, T. Menzel, X. Ritter, C. Brokelmann, M. Hartmann, C. Schoning, V. Flaisher, G. Keller, I.Baldauf, Z.Kleinmihel, B.K.Hainkele, K.Rayhl kabi olimlar Germaniyada navoiy asarlari tarjimasi va tadqiqiga katta hissa qo‘shganligi haqida so’z yuritilgan.

Maqolada S.Klaynmixel A.Navoiyning g‘azallarini 7 jihatini bo‘lib o‘rganganligi aytiladi.

1. Navoiy debochalari

2. Navoiy boshqalar haqida

3. Navoiy kundalik hayot haqida

4. Navoiy kim uchun she’r yozadi?

5. Ohangga, ilhomga qanday erishish mumkin

6. G‘azallarning tuzilishi haqida

7. Shoir taxallusi.

Bundan tashqari maqolada Navoiy ijodi davridan qat’i nazar, hamisha nemis sharqshunosligi, nemis turkologiyasining asosiy tadqiqot obyekti bo‘lib kelganligi,

Yevropadagi gumanistik g’oyalar va G’arb targ'ib qilayotgan demokratik tamoyillar allaqachon Navoiy ijopdida aytib o’tilganligi e’tirof etiladi.