MAQOLALAR

Rubrika tili:

ALL

Barchasi

RUS

Русский

ENG

English

TUR

Türkçe

UZB

O'zbekcha

AZE

Azərbaycan

TJK

Тоҷикӣ

GER

Deutsch

FRC

Français

ALL

Barchasi

ALISHER NAVOIY VA FAXRIY ASARLARINING QIYOSIY TAHLILI

25.04.2024

-

Samira Aliyeva
Nizomiy nomidagi adabiyot instituti

Ushbu maqolada Alisher Navoiyning “Farhod va Shirin” hamda Faxriyning “Xusrav va Shirin” asarlarining qiyosiy tahlili berilgan. Ikkala shoirning Nizomiy kabi daho ijodkorga murojaat qilishi uchun katta iste’dod va jasorat kerak edi. XIV Faxriddin Yoqub Muhammad Faxri Nizomiy Ganjaviyning “Xusrav va Shirin” asari maʼlum qoʻshimchalar va qisqartmalar bilan turk tiliga tarjima qilgan.

Jahonga mashhur shoir Alisher Navoiy ham Nizomiyning “Xusrav va Shirin” asariga murojaat qilib, asarning syujet chizig‘ida “Farhod va Shirin” asarini yozgan. Navoiy va Faxriy asarlari kompozitsiya va qahramonlarning xarakteri jihatidan bir –biridan farq qiladi. Navoiy asarida Xusrav o‘rniga ikkinchi darajali Farhod bosh qahramon sifatida tasvirlangan. Navoiyning ishqni madh etuvchi mazkur asarida oshiq iztiroblari birinchi o‘rinda turadi. Faxriy asarida esa Bahrom Chubin va Xusravning Rumga sayohati batafsilroq shaklida berilgan. Har ikki san’atkor tomonidan turk tilida yozilgan mazkur asarlar turk adabiyoti uchun juda muhim voqea edi. Fors tilida yozilgan Nizomiyning “Xusrav va Shirin” asari Faxriy tomonidan bir asrdan so‘ng yangi nom va butunlay boshqacha syujet chizig‘i bilan turk va o‘zbek tillariga tarjima qilingan.

Maqolada Alisher Navoiy talqinida qayta ishlangan “Farhod va Shirin” turkiy xalqlarning ana shu buyuk muhabbat qissasini o‘z ona tilida o‘qish imkonini berganligi va badiiy jihatdan mukammallashgani ta’kidlanadi.