MAQOLALAR

Rubrika tili:

ALL

Barchasi

RUS

Русский

ENG

English

TUR

Türkçe

UZB

O'zbekcha

AZE

Azərbaycan

TJK

Тоҷикӣ

GER

Deutsch

FRC

Français

ALL

Barchasi

OZARBAYJON MILLIY ILMLAR AKADEMIYASI MUHAMMAD FUZULIY NOMIDAGI QO‘LYOZMALAR INSTITUTI FONDIDAGI ALISHER NAVOIY QO‘LYOZMALARI XUSUSIDA

25.04.2024

-

Posho Karimov
OMIA Muhammad Fuzuliy nomidagi qo‘lyozmalar instituti,
filologiya fanlari doktori.

Ushbu maqolada Alisher Navoiyning Ozarbayjon Milliy Ilmlar Akademiyasi Muhammad Fuzuliy nomidagi qo‘lyozmalar instituti fondidagi qator qo‘lyozmalari haqida ma’lumot beriladi. Filologiya fanlari doktori, professor Jannat Nag‘iyevaning ma’lumot berishicha, Ozarbayjon Milliy Ilmlar Akademiyasi qo‘lyozmalar institutida shoir devonlarining 37 ta qo‘lyozma nusxalasi saqlanadi. Jumladan, M-274 raqamli qo‘lyozma O’zbek va ozarbayjon adabiy aloqalarida muhim hisoblanib, muallif maqolada mazkur qo‘lyozma xususida batafsil ma’lumot berib o‘tadi.

Alisher Navoiyning M-114/3010 raqam ostida saqlanayotgan qo‘lyozmaga muallif alohida to‘xtalib o‘tadi. Mazkur devon qo‘lyozmasi shoirning hayotlik davrida ko‘chirilgan bo‘lib, matnshunoslik uchun alohida ahamiyatga ega ekanligi ta’kidlanadi.

Muallif qo‘lyozmalar instituti fondidagi M-107-2996 raqamli “Majolis un-nafois” asari nusxasini alohida e’tirof etadi. Mazkur qo‘lyozma xattotlik va miniatura san’ati tadqiqida muhim ahamiyat kasb etishi ta’kidlanadi. Bundan tashqari maqolada Alisher Navoiyning “Xazoyin ul-maoniy” devonining Hasan Alqadariyga mansub nusxasi va XIX asrda ko‘chirilgan Muhammad Sidqiga oid qo‘lyozmalari haqida ham ma’lumot beriladi.

Shoir devonining aka-uka Hoji Muhammad va Hoji Husayn Naxchuvoniylarga oid Tabriz markaziy kutubxonasida saqlanayotgan qo‘lyozmalari haqida ham ma’lumotlar bor. OMIA qo‘lyozmalar instituti fondida saqlanayotgan Alisher Navoiy asarlari qo‘lyozmalari haqida ma’lumot berib o‘tar ekan, shoirni Ozarbayjon adabiyoti tashakkulidagi eng muhim shoir sifatida e’tirof etadi.