MIR ALISHER YONIDA… (M. HAKIMOV. Toshkent: Tafakkur, 2025. 120 b.)

Hazrat Alisher Navoiy ma’naviy merosini o‘rganish va targ‘ib etish millatu mamlakat rivoji uchun nihoyatda muhim. Mana shunday mas’uliyatni zimmasiga olib, yangi-yangi tadqiqotlar ustida ishlayotgan iqtidorli yosh olim Munisjon Hakimovning navbatdagi, “Mir Alisher yonida...” deb nomlangan kitobida Navoiy g‘oyalari, nazmiy an’analari bardavomligi Erkin Vohidov, Jamol Kamol va Omon Matjon kabi zabardast shoirlarimiz ijodi misolida tadqiq etilgan.
     Monografiya “Tafakkur” nashriyoti ruxsati bilan, 500 nusxada chop etilgan bo‘lib, milliy adabiyotimiz tarixi va rivojiga qiziquvchilar uchun munosib tuhfa bo‘lishi shubhasiz.

Muharrir – G.SATTOROVA