TADQIQOTLAR

Rubrika tili:

ALL

Barchasi

RUS

Русский

ENG

English

TUR

Türkçe

UZB

O'zbekcha

AZE

Azərbaycan

TJK

Тоҷикӣ

GER

Deutsch

FRC

Français

ALL

Barchasi

Amir Davlatshoh bin Alouddavla Baxtishoh al-G‘oziy. Tazkirat ush-shuaro (Shoirlar tazkirasi)

22.05.2025

Mazkur kitob muallifi Amir Davlatshoh bin Alouddavla Baxtishoh al-G‘oziy. Shoir, olim va davlat arbobi Davlatshoh Samarqandiyning shoirlar hayotiga doir ma’lumotlar hamda ijodidan namunalar berilgan ushbu tazkirasi fors tilida yozilgan. “Tazkirat ush-shuaro”, “Tazkirai Davlatshohiy” nomlari bilan mashhur bo‘lgan. Navoiy ham “Majolis un-nafois” tazkirasida “Amir Davlatshohkim, Xuroson mulkining asil mirzodalari orasida fazl va donish zevari bila ham Sultoni Sohibqiron otig‘a “Tazkirat ush-shuaro” otlig‘ kitob bitibdur, voqean base zahmat tortibdur va toifani yaxshi jam’ qilibdur”, - deydi. Husayn Boyqaroga bag‘ishlangan ushbu asar Navoiy tavsiyasiga ko‘ra yozilgan. Tazkira muqaddima, forsiy ijodkorlarga bag‘ishlangan yetti tabaqot hamda xotimadan iborat. Arab, fors shoirlari qatorida ba’zi turkigo‘y idkorlar haqida ham ma’lumot beriladi. Muallif asarning turli o‘rinlarida Alisher Navoiyning hayoti va bebaho ijodiy merosidan bahs etadi. Asarning xotima qismida esa “Zikri malikul amiron va ma’ni fazlon Amiri kabir Nizomiddin Alisher madaallohu umr” sarlavhasi ostida shoirning hayoti va ijodi yoritiladi, asarlaridan parchalar beriladi. Mazkur nashrda 494-508 sahifalardan o‘rin olgan. Ushbu nashrning afzalliklaridan biri tazkira mukammal nusxa va nashrlar asosida chop etilgan (hijriy 1319 – milodiy 1901), shuningdek, turli mavzularga ajratilgan fihrist mavjud. Kitob so‘ngida esa asarning turli nashrlaridan namunalar keltirilgan. Asosan, Edvard G. Braunning ingliz tilida amalgan oshirgan nashrlariga ahamiyat qaratilgan.