MAQOLALAR

Rubrika tili:

ALL

Barchasi

RUS

Русский

ENG

English

TUR

Türkçe

UZB

O'zbekcha

AZE

Azərbaycan

TJK

Тоҷикӣ

GER

Deutsch

FRC

Français

ALL

Barchasi

YEVGENIY BERTELSNING ALISHER NAVOIY IJODINI O‘RGANISHDAGI O’RNI

25.04.2024

-

Yelena Teyer
Filologiya fanlari bo‘yicha falsafa doktori.

Maqolada atoqli shoir va davlat arbobi Alisher Navoiy ijodi tadqiqidagi muammolar xususida so’z boradi. Alisher Navoiy - XV asrning eng buyuk shoiri ekanligi, u o‘z asarlarini chag‘atoy adabiy tilida yozgan va shu orqali ona tili rivojiga katta hissa qo‘shganligi ta’kidlanadi. Sovet sharqshunosi Yevgeniy Eduardovich Bertels Navoiy ijodini o’rgangan asosiy tadqiqotchilardan biri sifatida e’tirof etiladi. Atoqli sovet sharqshunosi Ye.E.Bertelsning ko‘plab fors va turkiy shoirlarning hayoti va ijodini o‘rganishdagi tadqiqotlari misollar yordamida tahlil qilinadi.

Uning 40 yil Navoiy ijodi bilan shug‘ullanib, shoir haqida yozgan monografiyasi, ko‘plab maqolalarining ahamiyati yoritiladi.

Maqolada Y.Bertels atoqli o‘zbek mutafakkirini to‘liq anglagan, shoirning o'ziga xos iste’dodga ega ekanligini da'vo qilgan birinchi yevropalik olim sifatida e’tirof etiladi.