MAQOLALAR

Rubrika tili:

ALL

Barchasi

RUS

Русский

ENG

English

TUR

Türkçe

UZB

O'zbekcha

AZE

Azərbaycan

TJK

Тоҷикӣ

GER

Deutsch

FRC

Français

ALL

Barchasi

NIZOMIY XAZINASI VA NAVOIY HAYRATLARI

25.04.2024

-

Tahmina Badalova
Filologiya fanlari bo‘yicha falsafa doktori

Kishilik taraqqiyotidagi ijtimoiy-siyosiy, ijtimoiy, axloqiy masalalarni kuzatish ozarbayjon mutafakkiri Nizomiy Ganjaviy merosi dunyo kishilari tafakkuri tadrijiga alohida ta’sir ko‘rsatganligini isbotlaydi. U yaratgan oʻlmas badiiy soʻz yodgorliklari nafaqat Sharq, balki butun jahon adabiyotida alohida ahamiyatga ega bo‘lib, badiiy adabiyotni yangi bosqichga ko‘tardi.

Sharq adabiyotining asosiy predmet sohalari, mezonlari Nizomiy Ganjaviy adabiy maktabi anʼanalari asosida rivojlandi. Uning asarlari faqat ozarbayjon adabiyotida emas, jahon she’riyatida ham sharafli o‘rin egallagan. Sharqning ko‘plab daholari ozarbayjonlik so‘z ustasini o‘zlariga ustoz deb bilishgan, u boshlab bergan mavzularda asar yaratishni katta sinov va sharafli ish deb bilishgan. Amir Xosrov Dahlaviy, Abdurahmon Jomiy, Alisher Navoiy, Abdi Bey Sheroziy, Ashraf Marag‘iy, Xoju Kirmoniy, Ismoil Abjadiy kabi yuzlab ijodkorlar uning mavzu va motivlarini, she’riyat san’atining nozik jihatlarini davom ettirganlar, jahon adabiyoti xazinasini o‘lmas asarlari bilan boyitganlar. Umuman, Nizomiy Ganjaviy adabiy maktabi an’analarining davom etishi va rivojlanishida oʻzbek adabiyotining asoschisi, shoir va davlat arbobi Alisher Navoiyning o‘rni beqiyos.

Maqolada Nizomiy Ganjaviyning “Maxzan ul-asror” kitobi va Alisher Navoiyning “Hayrat ul-abrar” asarining qiyosiy tahlili berilgan. Tadqiqot davomida germenevtik va tarixiy-qiyosiy tahlil usulidan foydalanilgan, har ikki shoir she’rlaridan misollar keltirilgan. Aytilgan fikrlarni dalillash uchun adabiyotshunoslikdagi qator tadqiqotlardan iqtiboslar berilgan.