MAQOLALAR

Rubrika tili:

ALL

Barchasi

RUS

Русский

ENG

English

TUR

Türkçe

UZB

O'zbekcha

AZE

Azərbaycan

TJK

Тоҷикӣ

GER

Deutsch

FRC

Français

ALL

Barchasi

Əlişir Nəvainin yaradıcılığında milli birlik idealı

16.07.2025

Cavidə Məmmədova

Maqola turkiy dunyoning buyuk shoiri Alshir Navoiy ijodiga bag‘ishlangan. Shoir ijodidagi ona tili va milliy birlik g‘oyasi badiiy aks ettirilgan parchalar tahlil qilinadi. Shu bilan birga, maqolada Navoiyning o‘rta asr turkiy xalqlar madaniyati va adabiyotiga ta’siri haqida so‘z boradi. Alisher Navoiy hamda ozarbayjon shoiri Kishvariyning mazkur mavzudagi she’rlari qiyosiy tahlilga tortiladi.

Maqolada Alisher Navoiy ijodida ona tili va milliy birlik ideali badiiy aks ettirilgan parchalarini tavsiflash orqali erishilgan qator natijalar keltiriladi:

  • Chig‘atoy tili so‘zlari adabiyotimizga Navoiy she’riyati orqali umumiy til sifatlari bilan kirib keladi, mazmunan chuqurlashadi.
  • Navoiy ijodi antik davr adabiyoti bilan oʻrta asrlar adabiyoti oʻrtasida koʻprik vazifasini oʻtaydi.
  • Navoiy ijodi o‘zbek-ozarbayjon adabiy aloqalarini mustahkamlashda alohida ahamiyatga ega.
  • Navoiy ijodi milliy birlik va birodarlik g‘oyasini targ‘ib qiladi.
  • Navoiy sheʼriyatida Nizomiy ijodida targʻib qilingan insonparvarlik milliy-diniy qadriyatlarni asrab-avaylash, uni barcha turkiy xalqlarning yagona ma’naviy merosi sifatida qadrlashga ahamiyat berilgan.