MAQOLALAR

Rubrika tili:

ALL

Barchasi

RUS

Русский

ENG

English

TUR

Türkçe

UZB

O'zbekcha

AZE

Azərbaycan

TJK

Тоҷикӣ

GER

Deutsch

FRC

Français

ALL

Barchasi

Əlişir Nəvai yaradıcılığındaNizami Gəncəvi şəxsiyyətinə baxış

16.07.2025

Zəhra Allahverdiyeva

ALISHER NAVOIY IJODIDA NIZOMIY SHAXSIYATI

Zahro Allohverdiyeva

Filologiya fanlari bo‘yicha falsafa doktori.

Ushbu maqolada XII asrdan keyin Yaqin va Oʻrta Sharqda epik sheʼriyatning rivojlanishi Nizomiy Ganjaviy “Xamsa”sidan olingan mavzu va g‘oya, syujet, obraz va timsollarning alohida rol o‘ynaganligi haqida so‘z boradi. Nizomiy Ganjaviyning “Maxzan ul-asror”, “Xusrav va Shirin”, “Layli va Majnun”, “Haft paykar”, “Iskandarnoma” kabi mukammal san’at namunalari Sharqdagi turk-islom madaniyatining yorqin namunasi hisoblanadi.

Nizomiy Ganjaviyning “Xamsa”siga eng munosib javob yozgan ijodkor Alisher Navoiy hazratlaridir. Alisher Navoiy o‘z asarida Nizomiy Ganjaviy hikmatlari va fazilatlariga bag'ishlangan maxsus misralar alohida ahamiyat berdi. Shoirning ustozining badiiy qudratini katta muhabbat bilan tarannum etuvchi baytlari tahsinga sazovordir.

Nizomiy Ganjaviyning Alisher Navoiyga ta’siri masalasida Y.E.Bertels, A.S.Lavand, X.Arasli, V.Zohidov, Xoja Ahmadov, A. Xayitmetov, S. G‘aniyeva, S. Erkinov, S. Nazrullayeva, J. Nagyyeva, N. Arasli, D. Yusupova, G. Alpay va boshqa olimlar tomonidan muhim tadqiqotlar olib borildi. Hozirgi kunda ham muammoning boshqa tomonlarini tadqiqotga jalb etish qiyosiy adabiyotshunoslikning dolzarb masalalaridan biridir. Alisher Navoiy Nizomiyni shaxsi va san’ati uchun o‘zining buyuk ustozi deb bilgan, asarlarida hayratini katta zavq bilan tasvirlab bergan. Maqolada shoirning Nizomiy madhi bilan bog‘liq misralari tahlilga tortilgan.