Navoiyshunoslar
Rubrika tili:
Barchasi
Русский
English
Türkçe
O'zbekcha
Azərbaycan
Тоҷикӣ
Deutsch
Français
Barchasi
- CHETINDOG’ Yusuf TUR
- Vadetskiy Boris Aleksandrovich RUS
- Volin Semen Lvovich RUS
- Abdusalom Abduqodirov UZB
- Sadriddin Ayniy TJK
- Зайцев, Илья Владимирович RUS
- Marc Toutant FRC
- Gunay Kut TUR
- Jannat Mir Mustafo qizi Nag‘iyeva AZE
- Salye Mixail Aleksandrovich RUS
- Suyima G‘aniyeva UZB
- Said Nafisiy TJK
- kemal Eralsan TUR
- Vahit Turk TUR
- Yevgeniy Eduardovich Bertels RUS
- BELEN FRANSUA-ALFONS RUS
- Kudelin Aleksandr Borisovich RUS
- Kuatremer RUS
- Илья Зайцев RUS
- Marc Toutant FRC
- ABDURAHMON GO‘ZAL TUR
- HAMİT ARASLI AZE
- Ганиева Суюма UZB
- Куделин Александр Борисович RUS
- Günay Kut TUR
- Kemal Eraslan TUR
- Vahit TÜRK TUR
- Евге́ний Эдуа́рдович Берте́льс RUS
ABDURAHMON GO‘ZAL
07.06.2024
Zulayho Rahmonova
ABDURAHMON GO‘ZAL – (1942 yilda tug‘ilgan) adabiyotshunos, tilshunos, tasavvufshunos, ilohiyotshunos turk olimi. Uning turkiy tillarni millat ruhi o‘laroq anglash va uni avlodlarga etkazish yo‘lidagi sa’y-harakatlari butun turk olamiga ma’lumdir. Ayniqsa, olimning “Diniy-tasavvufiy turk adabiyoti. El kitobi”, “Ahmad Yassaviy “Faqrnomasi”, “Qayg‘usiz Abdol”, “Sulaymon Boqirg‘oniy hayoti va uning hikmatlari”, “Bizim Yunus” kabi yirik monografik tadqiqotlari turkiy adabiyotni anglashda muhim sanaladi. Olim ilmiy faoliyatida o‘zbek ijodkorlari va ularni tadqiq etgan olimlar bilan aloqasi e’tirofga molik. Abdurahmon Go‘zalning amaliy harakatlari natijasida Turkiyada Navoiy asarlarini keng targ‘ib qilish, shoirning sharafli hayoti va turkiy tilni san’at tiliga aylantirishdagi salohiyatini tushuntirish yo‘lida Bashkent universiteti huzurida 2022 yil 10 fevralda “Alisher Navoiy tadqiqot va targ‘ibot markazi”ning tashkil etilishi esa tahsinga loyiq. Turk navoyishunosligi uzoq tarixga ega. Ammo adabiyotshunos-ilohiyotchi Abdurahmon Go‘zal tadqiqotlari va uning sa’y-harakatlari natijasida tashkil etilgan “Bashkent universiteti Alisher Navoiy tadqiqot va targ‘ibot markazi” dunyo navoiyshunosligida yangi bir sahifa ochishi shubhasiz. Markazni tashkil etish muhimligini anglatish maqsadida Abdurahmon Go‘zal Navoiyning “millatlarga hayot baxsh etgan boqiy ruh sifatiga ega shaxsiyat” ekanligini dalillovchi, katta ijtimoiy-madaniy taraqqiyotlarning dunyoga kelishida buyuk shoirning o‘rnini isbotlovchi maqolalar yaratdi. Shoirning hayot yo‘li, davlat arbobi va adabiy shaxsiyati, turk tili taraqqiyoti yo‘lidagi ulkan xizmati va asarlari haqida alohida ilmiy xulosalarga ega izlanishlar olib bordi. U: “Navoiyning yana bir muhim jihati shundaki, u o‘z asarlarida milliy tip va xarakterlardan foydalangan. Forsiy adabiyotda qo‘llanilgan qahramonlar Navoiy asarlarida faqat nomlarinigina saqlab qolgan holda turkiy shaxsiyatni tamsil etgan” kabi qarashlarni o‘rtaga tashlab, bu xulosalarni nazariy asosladi. Abdurahmon Go‘zalning talqinlarida, tanlagan iqtiboslarida hamisha qat’iy qarashlar, keskin xulosalar bo‘ladi. Bu tahliliy fikrlar birlamchi asarni tushunishga, so‘ngra insoniyat nafsini tarbiyalashga, ko‘ngilni poklashga qaratiladi. Turkiy mushohada mezonlarini ham olim xotirdan aslo faromush etmaydi. Mana shu kabi mushtarak yondashuv olim tadqiqlarining to‘g‘ri va ta’sirli bo‘lishini ta’minlagan. O‘z fikrlarini dalillashda har doim matnlarga asoslanganligini alohida urg‘ulash lozim. Abdurahmon Go‘zal tahlillarida Navoiyning turkiy tilni ilm hamda badiiyat tiliga aylantirishdagi jasorati va mahorati nafasi har doim seziladi, urg‘ulanadi. Xoh g‘oya, xoh shakl, xoh uslub bo‘lsin, hatto asardagi an’anaviy qaharamonlar haqida ham turkiy tafakkurga diqqat qaratadi: “Navoiyning yana bir muhim jihati shundaki, u o‘z asarlarida milliy tip va xarakterlardan foydalangan. Forsiy adabiyotda qo‘llanilgan qahramonlar Navoiy asarlarida faqat nomlarinigina saqlab qolgan holda turkiy shaxsiyatni tamsil etgan” kabi qarashlarni o‘rtaga tashlab, o‘z xulosalarni nazariy asosladi. Uning Alisher Navoiy tadqiqot markazida dunyo navoiyshunosligi, xususan, eng avvalo, O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi O‘zbek tili, adabiyoti va folklori instituti, Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat universiteti, Xalqaro Alisher Navoiy fondi bilan olib borayotgan hamkorligi o‘zbek navoiyshunoslari uchun ham quvonarli va qimmatlidir. Tashkilotchining: “Bu boradagi birinchi tashabbusimiz O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi va davlat universitetlari bilan hamkorlik bo‘ldi”, - e’tirofi ham diqqatga molik. Markazda Navoiy asarlarining mukammal nashrlarini yaratish, uning asarlarini tahlil va talqin etuvchi tadqiqotlar olib borish, turkiy til jonkuyari Navoiyning xizmatlarini ochib beruvchi xalqaro konferensiyalar o‘tkazish kabi oliy maqsadlar qo‘yildi. Albatta, Navoiy asarlari turli davlatlarda mavjud. Ammo bu markazning shoir asarlari va Navoiyga bag‘ishlangan tadqiqotlar jamlangan bir kutubxona ham yaratish vazifasi navoiyshunoslikdagi muhim yutuq bo‘lishi aniq. Alisher Navoiy ijodi va chig‘atoy adabiyoti bilan shug‘ullangan olimlarni “Alisher Navoiy buyuk” mukofoti bilan taqdirlash ham markazning hadaflaridan biridir. Markaz maslagining ilk amaliy ijrosi Navoiyning muhtasham haykali o‘rnatilgan bog‘ning barpo etilishi bo‘ldi.