MAQOLALAR

Rubrika tili:

ALL

Barchasi

RUS

Русский

ENG

English

TUR

Türkçe

UZB

O'zbekcha

AZE

Azərbaycan

TJK

Тоҷикӣ

GER

Deutsch

FRC

Français

ALL

Barchasi

Nizami ənənələrinin türk ədəbiyyatında yayılmasındaƏlişir Nəvainin rolu

16.07.2025

Nüşabə Araslı

Dunyo miqyosida shuhrat qozongan Nizomiy Ganjaviyning o'lmas merosi bevosita atoqli soʻz ustalari orqali turkiy adabiyotga jiddiy ta’sir ko‘rsatdi. Nizomiy Ganjaviy anʼanalarini xamsachilikda munosib davom ettirgan va shoir ijodining turkiy dunyoda tanilishida beqiyos o‘rin tutgan shoir Alisher Navoiydir. Ushbu maqolada o‘zbek xalqining daho mutafakkiri Navoiy va ozarbayjon shoiri Nizomiyning Sharq badiiy tafakkuriga, turk adabiyoti tarixiga olib kirgan o‘ziga xos yangiliklari xususida so‘z boradi. Nizomiy Ganjaviy boshlab bergan xamsachilik an’anasining turkiy adabiyotdagi ahamiyati va Alisher Navoiy ijodiga uning ta’siri masalalariga e’tibor qaratiladi.

Nizomiy Ganjaviy yaratgan “Xamsa” asari mumtoz Sharq she’riyatida uchraydigan birinchi “Xamsa” ekanligini Navoiy o‘zining “Xamsa”sida ta’kidlangani, shoirni eng hurmatli ustoz sifatida qayd etganligiga urg‘u beriladi. Nizomiy asarlarining dunyoviy shuhrati yanada ortib borishida Navoiyning o‘rni masalalariga diqqat qilinadi.

Alisher Navoiy o‘zining barcha asarlarida, jumladan, “Xamsa”sida ham o‘zidan oldingi salaflar erishgan yutuqlarni ona tilida, imkon qadar turkiy tilning nozik jihatlarini davom ettirganligi “Farhod va Shirin” dostonidan olingan parchalar misolida ko‘rsatib beriladi. Muallif turkiy tilning ifoda imkoniyatlarining boyligi haqida gapirib, uning afzalliklarini Navoiy “Xamsa” asarida qo‘llagan so‘zlar misolida ko‘rsatishga harakat qiladi, shoirning turkiy tilining mukammal badiiy asarlar yaratishga qodir go‘zal she’riy til ekanligini izchil targ‘ib qilganini alohida e’tirof etadi. Alisher Navoiy o‘zi yozgan beqiyos badiiyat namunalari bilan o‘z fikrini isbotlab, turk shoirlarini ilhomlantirganligini, butun turkiy adabiyot vakillarini ona tilida yozish va ijod qilishga undaganligini e’tirof etadi.