MAQOLALAR

Rubrika tili:

ALL

Barchasi

RUS

Русский

ENG

English

TUR

Türkçe

UZB

O'zbekcha

AZE

Azərbaycan

TJK

Тоҷикӣ

GER

Deutsch

FRC

Français

ALL

Barchasi

ALISHER NAVOIY OBRAZI JANNAT NAG‘IYEVA TADQIQOTLARIDA

24.05.2025

Ilhoma Sultonova

Ozarbayjonda Alisher Navoiy ijodini eng samarali tadqiq etgan olimlardan biri bu, shubhasiz, Jannat Nag‘iyevadir. Olima Alisher Navoiyning Nizomiy Ganjaviy an’anasiga ergashgani va o‘z navbatida, ozarbayjon adabiyoti tashakkulida Navoiy ijodining beqiyos bo‘lganini ilmiy tadqiqotlari orqali yoritdi. O‘zbek va ozarbayjon adabiyotini qiyosiy o‘rganish yo‘lidagi muhim vazifalarni bajardi, bu yo‘nalishdagi tadqiqotlar ko‘lamini kengaytirdi. Jannat Nag‘iyeva haqida so‘z borganda adabiyotshunoslar unga “ismi Navoiy bilan qo‘shilib yoziladigan olima” deb ta’rif beradilar. Mashhur adabiyotshgunos Muhsin Nag‘isog‘lu o‘zining maqolalaridan birida Jannat Nag‘iyeva haqida shunday degan edi: “Ozarbayjonning mashhur adabiyotshunos olimlardan biri, filologiya fanlari doktori, professor Jannat Nag‘iyeva nomi ko‘pincha jahonga mashhur buyuk o‘zbek shoiri Alisher Navoiy bilan bog‘lanadi. Axir, bu shunday umrining katta qismi butun turkiy dunyo faxri, buyuk shoir, olim Alisher Navoiy merosini, uning Ozarbayjondagi qoʻlyozmalarini va shaxsini oʻrganishga, o‘zbek-ozarbayjon adabiy aloqalarini tadqiq etishga bag‘ishlangan, bu borada qimmatli asarlar nashr etgan.

Maqolada olimaning Alisher Navoiy ijodini o‘rganishdagi o‘rni haqida so’z boradi. Olimaning Navoiyshunoslik haqidagi tadqiqotlari e’tirof etilib, ularning navoiyshunoslikdagi boshqa tadqiqotlardan farqli jihatlari misollar yordamida ko‘rsatiladi.